» » Andijonning Ulug‘nor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim miyaga qon quyilishidan vafot etgan edi

Andijonning Ulug‘nor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim miyaga qon quyilishidan vafot etgan edi


Andijon viloyati Ulug‘nor tumani hokimligida xalq depuputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, sessiyada viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham qatnashgan.

Xabar berishlaricha, Kengash yig‘ilishida Doniyor Maxsudov Ulug‘nor tumani hokim etib tayinlangan. U 2011-yildan beri Andijon viloyatining boshqa bir tumani — Buloqboshiga hokimlik qilib kelayotgan edi.

Doniyor Maxsudov (1976-yilda tug‘ilgan) — Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti (sirtqi, 1998) va Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2010) bitiruvchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi.

Andijon viloyati hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Maxsudov bungacha 1990—2011-yillarda Ulug‘nor tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Ma’lumot uchun, Ulug‘nor tumanining sobiq hokimi Asilbek Yusupov 6-oktabr kuni xastalikdan, shifoxonada vafot etgan edi. Yusupov 2017-yil fevralida Ulug‘nor hokimi etib tayinlangan edi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют