» » OAV xodimlari Toshkent harbiy okrugida joriy etilgan autsorsing tizimi bilan tanishdi 

OAV xodimlari Toshkent harbiy okrugida joriy etilgan autsorsing tizimi bilan tanishdi 


OAV xodimlari Toshkent harbiy okrugida joylashgan harbiy qismlarning birida 3 oy sinov muddati bilan joriy etilgan autsorsing tizimi hamda muddatli harbiy xizmatchilar taomnomasi bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining oziq-ovqat ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining ovqatlanish tizimi yangi — autsorsing tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.

Mazkur tizim jangovar o‘quv jarayoniga ko‘proq vaqt ajratish, transport-logistika xarajatlarini optimallashtirish hamda oziq-ovqat ta’minotini yanada takomillashtirishga yordam beradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari me’yori MDH davlatlari orasida eng quvvatlilaridan biri ekanligi harbiy xizmatchilarning sifatli ovqatlanishlarini ta’minlashga alohida e’tibor berilayotganiga dalil bo‘ladi.

Harbiy xizmatchilarning oziq-ovqat ta’minoti, shaxsiy tarkib ovqatlanishini tashkil qilish, shuningdek, mahsulotlarga ishlov berish va ovqat tayyorlash texnologiyalari qoida va talablari ishlab chiqilgan holda amalga oshirilmoqda.

Mahalliy hokimlik organlari bilan hamkorlikda oshxonalarni zamonaviy texnologik jihozlar, yuqori sifatli idish-tovoqlar bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Autsorsing tizimida bevosita qatnashayotgan subyektlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan bir qator imtiyozlar belgilangan: xizmat ko‘rsatilayotgan autsorser subyektlari ijara va kommunal to‘lovlardan ozod qilingan.

Ayni paytda ushbu tizim Toshkent harbiy okrug qo‘shinlarida tajribadan o‘tkazilmoqda. Yagona normativ huquqiy baza ishlab chiqish ustidan tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют