» » Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Uning ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — olim-agronom-agroximik-tuproqshunos

Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Uning ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — olim-agronom-agroximik-tuproqshunos


Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hokimligida xalq depuputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi axborotiga ko‘ra, sessiyada Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham qatnashgan.

Kengash yig‘ilishida O‘tkirbek Ma’murov Buloqboshi tumani hokimi etib tayinlangan. U 2014-yildan beri Andijon viloyat g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Faoliyatini fermer xo‘jaligi ishchiligidan boshlagan O‘tkirbek Ma’murov (1973-yilda tug‘ilgan) 1997-yilda Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasini tamomlagan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati tarqatgan axborotga ko‘ra, yangi hokimning ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — olim-agronom-agroximik-tuproqshunos.

Buloqboshining sobiq rahbari Doniyor Maxsudov Andijon viloyatining boshqa bir tumani — Ulug‘norga hokim etib tayinlangani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют