» » Rossiya qora ro‘yxatga kiritilgan AQSh senatoriga viza bermadi

Rossiya qora ro‘yxatga kiritilgan AQSh senatoriga viza bermadi


Rossiya elchixonasi AQSh sanksiyalariga javoban tuzilgan qora ro‘yxatga kiritilgani uchun, AQSh Kongressi delegatsiyasi a’zosi, senator Joan Shainga viza bermaslikka qaror qildi. Bu haqda” RBK” xabar bermoqda.

Qolgan barcha delegatlar viza olgani bildirilmoqda.

“Vaziyatni tashrif Rossiya tomoni tufayli bekor qilingandek tasavvur etish noto‘g‘ri. Biz vaziyatni hal etishni turli variantlari, jumladan, parlamentariylarga vizalar berish bo‘yicha ikki tomonlama asosda kelishuvga erishishni taklif etdik. Ya’ni, AQSh sanksiyalariga duch kelgan rossiyalik deputat yoki senatorlarga Amerika vizalarini berish evaziga. Biroq bu taklif rad etildi”, — deyiladi elchixonaning Facebook’dagi sahifasida.

Politico nashriga ko‘ra, Joan Shain Kongress tomonidan qabul qilingan Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ochiq-oshkor qo‘llab-quvvatlagan.

Respublikachi-senatorlar Ron Jonson va Jon Barrasso demokrat hamkasblariga viza berilmagani sababli Rossiyaga rejalashtirilgan tashrifdan voz kechgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют