» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Barselonaga reys ochmoqchi. Sayyohlik kompaniyalari Skandinaviyaga qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni taklif etmoqda

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Barselonaga reys ochmoqchi. Sayyohlik kompaniyalari Skandinaviyaga qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni taklif etmoqda


Sayyohlik kompaniyalari “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga parvozlar geografiyasini kengaytirish va Skandinaviya, BENILYuKS, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari va Polshaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslarni ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga asoslanib, “Spot.uz” xabar bermoqda.

Sayyohlik kompaniyalari va aviakompaniya vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda reyslar jadvali, tariflar va 2018-yil uchun yangi mavsumiy yo‘nalishlar muhokama qilingan.

Yig‘ilishda 2018-yilda Mumbay (Hindiston), Barselona (Ispaniya) va Birmingem (Buyuk Britaniya) yo‘nalishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslarni ochish masalasi ishlab chiqilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Aviakompaniya vakillarining qo‘shimcha qilishicha, Toshkent bilan Samarqand, Istanbul, Termiz shaharlari o‘rtasidagi reyslar sonini oshirish rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют