» » Yangi yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari 6 kunlik ish haftasi uchun ham amal qiladimi?

Yangi yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari 6 kunlik ish haftasi uchun ham amal qiladimi?


Prezident Farmoniga muvofiq e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari barcha xodimlarga (xususan, 6 kunliklarga ham) taalluqli, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kunlari esa faqat 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarga aloqador. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Dam olish kunlari haqidagi Prezident Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savolga ilmim yetganicha javob berib o‘tmoqchiman. Ya’ni bu dam olish kunlari 6 kunlik ish haftasida faoliyat olib boruvchilarga ham qo‘llanadimi, deb so‘rashmoqda.

Javobi: qo‘shimcha dam olish kunlari barcha xodimlarga (xususan, 6 kunliklarga ham) taalluqli, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kunlari esa faqat 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarga aloqador.

Yangi yil arafasidagi dam olish kunlari misolida buni tushuntirishga harakat qilaman.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

1) 30-dekabr – shanba;

2) 31-dekabr – yakshanba;

3) 1-yanvar – Yangi yil bayrami;

4) 2-yanvar – qo‘shimcha dam olish kuni;

5) 3-yanvar – ko‘chirilgan dam olish kuni.

Izoh: 6-yanvar, shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar uchun quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

1) 31-dekabr – yakshanba;

2) 1-yanvar – Yangi yil bayrami;

3) 2-yanvar – qo‘shimcha dam olish kuni”, — deb yozdi bloger.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 08:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют