» » Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi


Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kirib kelayotgan 2018-yil bilan qutladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati saytida aytiladi.

Shavkat Mirziyoyevga yo‘naltirilgan maktubda Vladimir Putin hamkorlikdagi harakatlar sharofati bilan o‘tib borayotgan yil Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar uchun muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidladi: ko‘plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni sifatli yangi bosqichga olib chiquvchi qator muhim bitimlar imzolandi.

Rossiya prezidenti ishonch bildirishicha, erishilgan yutuqlarga tayangan holda, Rossiya-O‘zbekiston strategik sherikligini va ittifoqdoshligini yanada rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida yanada faolroq hamkorlikka erishiladi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют