» » Badiiy asarlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Badiiy asarlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “O‘zbek adabiyotining eng sara yigirma asari” mavzusida badiiy asarlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha tanlov – ijtimoiy loyihasini e’lon qiladi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi dunyo tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar va zamondosh adiblar asarlarini yanada kengroq targ‘ib etish, o‘zbek milliy adabiyoti vositasida mamlakatning jahon maydonidagi nufuzini yanada yuksaltirish maqsadida “O‘zbek adabiyotining eng sara yigirma asari” mavzusida badiiy asarlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha tanlov – ijtimoiy loyihasini e’lon qiladi.

Tanlov shartlari:

- ishtirokchi tarjimonning rezyumesi (to‘liq chop etilgan tarjimalarining ro‘yxati, telefon raqami, 4?6 hajmdagi namunali foto surati) topshirilishi;

- muqaddam ingliz tiliga o‘girilib chop etilgan tarjima asarlarining har biridan 5—10 varaq atrofida nusxa taqdim etilishi;

- agar tarjimonning ingliz tiliga badiiy tarjimasi nashr etilmagan bo‘lsa, u holda o‘zbek tilidagi badiiy asardan ixtiyoriy ravishda 5—10 sahifa ingliz tiliga o‘girib jo‘natishi shart.

Tanlov 2018-yilning mart oyiga qadar davom etadi. Zarur hujjatlar 2018-yilning 25-fevraliga qadar info@api.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Mazkur tanlovda ishtirokchilarning yoshi chegaralanmagan. Unda professional tarjimonlar bilan birga xorijiy tillar filologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan yosh iste’dod sohiblari ham ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning yakuniy natijasi:

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, “O‘zbek adabiyotining eng sara yigirma asari” tanlovi g‘oliblari bilan Agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari tomonidan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanadi va tarjimonlar tomonidan o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girilgan asarlar uchun qalam haqi to‘lanishi kafolatlanadi. Shuningdek, g‘olib tarjimonlar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qoshida tashkil etiladigan “The book of sun” xalqaro tarjimonlar noshirlik markazi a’zoligiga qabul qilinadi. G‘oliblar haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari hamda www.api.uz saytida yoritiladi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют