» » “Nezavisimaya gazeta”: Toshkentning tashqi siyosatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar yaqqol sezilmoqda

“Nezavisimaya gazeta”: Toshkentning tashqi siyosatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar yaqqol sezilmoqda


Rossiyaning “Nezavisimaya gazeta” nashri O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoyev rahbarlik qila boshlaganiga bir yil to‘lganini qayd qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shubhasiz, bir yil – muayayn xulosalar chiqarish uchun qisqa muddat, ammo bu namoyon bo‘lishga ulgurgan tendensiyalarni sezish, ularning ijobiy va salbiy ta’sirini baholash uchun yetarli muddatdir.

Toshkentning tashqi siyosatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ayniqsa yaqqol sezilmoqda. Bu o‘rinda O‘zbekistonning mintaqadagi qo‘shnilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga intilayotganini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy faolligi qo‘shni Turkmaniston va Qozog‘istondan boshlangan.

Ayni paytda rasmiy Toshkent o‘tgan yil davomida Moskva va Pekin bilan iqtisodiy muloqotni faollashtirdi. Shavkat Mirziyoyevning aprel oyida Rossiyaga safari natijasida qariyb 16 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston rahbarining shu yil may oyida “Bir makon — bir yo‘l” sammiti doirasida Pekinga ilk safari davomida O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida qiymati 20 milliard dollardan katta bo‘lgan bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston tashqi siyosatidagi diqqatga sazovor o‘zgarishlardan yana biri Toshkentning G‘arb davlatlari bilan munosabatlariga taalluqlidir. Bu borada hozirgi paytda oshkora iliqlik kuzatilmoqda. Jumladan, noyabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonda qayta faoliyat ko‘rsata boshladi.

Janubiy Koreyaga safar davomida O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlar qayta boshlanganini e’lon qildi. Seul, o‘z navbatida, Toshkentga bu borada maslahat yordamini ko‘rsatishga va’da berdi. O‘zbekistonning G‘arb bilan aloqalari jonlanishiga Myunxenda noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi, shuningdek, O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Vashingtonga tashrifi turtki berdi. Ushbu qadamlar kelajakda Toshkent ham tashqi, ham ichki siyosat sohalarida xalqaro siyosiy va iqtisodiy amaliyotlarga ko‘proq mos bo‘lishga intilishidan dalolat berayotgan bo‘lsa, ajab emas.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют