» » Markaziy bank: 2018-yilda o‘zgaruvchan almashuv kursi rejimi saqlanib qoladi

Markaziy bank: 2018-yilda o‘zgaruvchan almashuv kursi rejimi saqlanib qoladi


2018-yilda valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishiga hamda Markaziy bankning valyuta birjasidagi ishtirokini minimallashtirishga qaratiladi. Bunday yondashuv mohiyatan erkin o‘zgarib boruvchi valyuta rejimi talablariga mos keladi, deb yozadi Spot Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan “Monetar siyosatning 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ga tayanib.

Bunda Markaziy bankning valyuta birjasidagi intervensiyalari “oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi”ni ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, monetar oltinni xarid qilish operatsiyalari natijasida iqtisodiyotda hosil bo‘luvchi qo‘shimcha likvidlik va pul massasini “sterilizatsiya” qilishga qaratiladi.

Valyuta kursi siyosatini yuritishda ushbu yondashuv mohiyatan erkin o‘zgarib boruvchi valyuta rejimi talablariga mos kelib, almashuv kursining iqtisodiyotda “ichki avtomatik stabilizator” funksiyasini bajarishi uchun imkon yaratib beradi.

2017-yil yakunlariga to‘xtalib o‘tar ekan, Markaziy bank 2017-yilning yanvar-avgust oylarida so‘m rasmiy almashuv kursining yuqori sur’atlarda devalvatsiya qilinishi hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ichki valyuta bozorini erkinlashtirish bilan bog‘liq kutilmalarning kuchayib borishi iqtisodiyotdagi investitsion faollikka turlicha ta’sir ko‘rsatganini qayd etdi.

Xususan, mamlakat va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi, shu jumladan, ushbu dasturlarda ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish tadbirlarining jadallashuvi natijasida tijorat banklarida kreditlash bo‘yicha faolligi oshishi kuzatildi. Bu, o‘z navbatida, joriy yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotdapul taklifi va yalpi talabning sezilarli darajada oshishi hamda natijada inflyatsiya sur’atlari tezlashishiga olib keldi.

Markaziy bank ta’kidlashicha, 2017-yilda naqd pulning pul massasi tizimidagi ulushi ko‘paygan.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют