» » O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Sarhisob — 2017” g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Sarhisob — 2017” g‘oliblari aniqlandi


30-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Sarhisob — 2017” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti hamkorligida tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yilgi tanlovning hududiy bosqichlari ham o‘tkazildi. 2017-yilning 1-yanvaridan 2017-yilning 1-oktabrigacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko‘rsatilgan va internet tarmog‘ida e’lon qilingan materiallar tanlovda ishtirok etdi. Tanlovning respublika bosqichi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida o‘tkazildi.

Televideniye, radio, matbuot va internet yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari hamda ushbu yo‘nalishda alohida namuna ko‘rsatgan targ‘ibotchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus diplom va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi:

Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Odilxon Ismoilov (Toshkent shahar “Shayx Zayniddin” masjidi imom-xatibi);

2-o‘rin Muhtarama Ulug‘ova (“Movarounnahr” nashriyoti muharriri);

3-o‘rin Jahongir Jo‘rayev (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi).

Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Hayitov Shuhrat (“O‘zbekiston” telekanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlar” bosh muharririyatining bosh muharriri);

2-o‘rin Uyg‘un G‘ofurov (Toshkent islom instituti rektori);

3-o‘rin Ilhom Ma’rupov (“Movarounnahr” nashriyoti muharriri);

Internet yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Rahmatulla Sayfuddinov (Toshkent shahridagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi);

2-o‘rin Olimxon Yusupov (Samarqand viloyati “Maxdumi A’zam” jome masjidi imom-xatibi);

3-o‘rin Zoirjon Sodiqov (Toshkent shahar vakilligi xodimi).

Radio yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Shamsiddin Bauatdinov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari qoziyoti qozisi);

2-o‘rin Xayrullo Turmatov (Toshkent viloyati bosh imom-xatibi);

3-o‘rin Farhod Abdullayev (“Ziyo” media markazi vakili).

Yilning eng faol targ‘ibotchisi:

1-o‘rin Rahimberdi Rahmonov (diniy idora Masjidlar bo‘limi mudiri);

2-o‘rin Nozima Ibragimova (“Xadichai Kubro” bilim yurti mudirasi);

3-o‘rin Damin Jumaqulov (“Movarounnahr” nashriyoti muharriri).

Опубликовано: admin (31-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют