» » Mourinyoning muxlislarga yangi yil sovg‘asi: “Chelsi” “Yunayted”dan ilgarilab ketdi

Mourinyoning muxlislarga yangi yil sovg‘asi: “Chelsi” “Yunayted”dan ilgarilab ketdi


Angliya Premyer-Ligasining 21-tur bellashuvlari bugun — yangi yil oqshomidagi 2 ta bellashuv bilan o‘z yakuniga yetadi.

Kecha — 30-dekabr kuni 8 ta bellashuv o‘tkazildi. Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” futbolchilari qatorasiga uchinchi turda durang o‘ynadi. Bungacha “Lester” va “Byornli”ni taslim qila olmagan “qizil iblislar”, bu safar “Sautgempton” darvozasiga gol ura olmadi.

Oqibatda Londonning “Chelsi” klubi 2018-yilni “Yunayted”dan oldinda qarshi oladigan bo‘ldi. Antonio Konte jamoasi o‘z maydonida “Stok Siti”ni qabul qilib, yirik — 5:0 hisobida zafar quchdi. Bu “Chelsi”ning joriy mavsumdagi eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.

“Liverpul”ni esa navbatdagi bor Muhammad Saloh qutqardi. Misrlik futbolchining dublidan keyin “Lester” taslim etildi. Endi Yurgen Klopp jamoasi yana bitta hamla bilan “Yunayted”dan o‘zib ketishga urinib ko‘radi.

Sem Ellardays boshqaruvidagi “Everton” kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi. Bungacha liverpullik futbolchilar “Liverpul”, “Chelsi” kabi yetakchilardan ham yengilmagandi. Endi esa oddiygina “Bornmut” mazkur jamoani taslim qildi.

Angliya Premyer-Ligasi

21-tur bellashuvlari

30-dekabr, shanba

Gollar: Antonio Ryudiger, 4 (1:0). Denni Drinkuoter, 9 (2:0). Pedro, 23 (3:0). Villian, 73-pen (4:0). Davide Dzappakosta, 88 (5:0).

Gollar: Andre Karrilyo, 11 (1:0). Jordan Ayyu, 86 (1:1). Lusiano Narsing, 90 (1:2).

Gollar: Jeymi Vardi, 3 (0:1). Muhammad Saloh, 52 (1:1). Muhammad Saloh, 76 (2:1).

Gollar: Rayan Freyzer, 33 (1:0). Idrissa Guey, 58 (1:1). Rayan Freyzer, 89 (2:1).

31-dekabr, yakshanba

“Kristal Pelas” — “Manchester Siti” 17:00

“Vest Bromvich” — “Arsenal” 21:30

Опубликовано: admin (31-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют