» » Xayr, 1 mln 250 ming dollar: Rustam Qosimjonov Jahon Chempionatida 40 talikka ham kira olmadi

Xayr, 1 mln 250 ming dollar: Rustam Qosimjonov Jahon Chempionatida 40 talikka ham kira olmadi


O‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tgan rapid hamda blits yo‘nalishidagi shaxmat bo‘yicha Jahon Chempionatida 40 talikka ham kira olmadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Jahonning 17-chempioni sifatida tarixga kirgan Qosimjonov 21 imkoniyatdan 11,5 ochko jamg‘ardi. Bunday ko‘rsatkich qayd etgan sportchilar 41—47-o‘rinlarni band etdi.

Norvegiyalik Magnus Karlsen esa 21 imkoniyatdan 16 ochko jamg‘arishga erishib, Saudiyadagi Jahon Chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U klassik yo‘nalishda ham dunyoning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Saudiyada ikkinchi o‘rin rossiyalik Sergey Karyakinga nasib qildi. U jami 14,5 ochko jamg‘ardi. Hindistonlik Vishvanatan Anand esa chempionatni kuchli uchlikda yakunladi.

Avvalroq Saudiyadagi Jahon Chempionati mukofot jamg‘armasi bo‘yicha tarixdagi eng baland ko‘rsatkichni qayd etgani borasida xabar chiqqandi. Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi turnir g‘olibi 1 million 250 ming dollar AQSh dollarini qo‘lga kiritishi kerak edi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют