» » Favqulodda vaziyatlar vaziri bayram arafasida tez harakat markazining tayyorgarlik holatini tekshirdi

Favqulodda vaziyatlar vaziri bayram arafasida tez harakat markazining tayyorgarlik holatini tekshirdi


30-dekabr kuni favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djurayev tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazining (THQRKTM) tayyorgarlik holatini tekshirdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshiruv davomida vazir THQRKTM qutqaruvchilarining tayyorgarlik holati va markazning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Vazir THQRKTMning tayyorgarlik darajasi yuqori ekanligini ta’kidlab, bayram hamda bayram arafasida respublika aholisini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muhim ahamiyat kasb etishini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, vazir qutqaruvchilar bilan suhbat jarayonida vazirlik tuzilmalarini zamonaviy texnikalar, qutqaruv asbob-anjomlari bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilar uchun uy-joy qurish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy tadbirlar haqida so‘zlab berdi, qutqaruvchilarning oilalaridagi sharoitlar bilan qiziqdi.

Vazir qutqaruvchilarning 2017-yil davomida qutqaruv jarayonlaridan olgan tajribalari kelgusida, ya’ni 2018-yilda yangi sinovlardan o‘tishda, vazifalarni o‘z vaqtida bajarishda asqatishini alohida ta’kidlab, ularni Yangi yil bilan samimiy muborakbod etdi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют