» » Putin Netflix orqali AQSh fuqarolarini Yangi yil bilan “tabrikladi” (video)

Putin Netflix orqali AQSh fuqarolarini Yangi yil bilan “tabrikladi” (video)


Netflix kompaniyasi “Qora ko‘zgu” seriali to‘rtinchi mavsumi uchun promo-rolikni chiqardi. Rolikda Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh fuqarolarini Yangi yil bilan tabriklagani aks etgan, deb xabar beradi TJournal.

Servis Putinning 2016-yil 31-dekabrdagi rossiyaliklarga murojaatidan foydalangan. Dublyaj chog‘ida Putin rus tilida “hurmatli Rossiya fuqarolari” degan so‘zlar “hurmatli AQSh fuqarolari” deb tarjima qilingan.

Netflix e’lon qilgan promo serialning oldingi qismlaridan hamda real voqealardan olingan videolavhalar montajidan iborat. Putindan tashqari, rolikda Mark Sukerberg hamda Oq Uyning sobiq matbuot kotibi Shon Spayser ko‘rsatilgan.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют