» » O‘zbekistonda ilk bor...

O‘zbekistonda ilk bor...


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga ko‘rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirmoqda. Bu esa bank mijozlarining soni muttasil oshib borishiga zamin bo‘lmoqda.

Bank tomonidan yangi 2018-yil arafasida yana bir qulaylik yaratildi. Shu kunlarda bank Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda UPI xalqaro to‘lov tizimi plastik kartochkalarini UzCard to‘lov tizimi terminallarida qabul qilish loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi. Mamlakatimizda ilk bor joriy etilayotgan bu amaliyotni bajarish uchun bank terminallariga maxsus dasturni yuklab olishning o‘zi kifoya. Bu O‘zbekiston bank-moliya xizmatlari bozori uchun muhim yangilik hisoblanadi.

Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga o‘rnatilgan “Qishloq qurilish bank” terminallarida bir vaqtning o‘zida UzCard va UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘la mos bo‘lib, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar oqimining yanada o‘sishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida joylashtirilgan terminallarni ushbu xizmatga ulash ishlari boshlab yuborildi. Bu xizmatning joriy etilishi xorijlik mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Qo‘yingki, UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi plastik kartalariga ega xorijlik sayyoh UzCard terminallari orqali yurtimizda xuddi o‘z vatanidagidek erkin va hech qanday cheklovlarsiz to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasida barcha xizmatlar va tovarlar uchun to‘lovlar milliy valyuta — so‘mda amalga oshiriladi.

Kelgusida ATB “Qishloq qurilish bank” faqatgina UnionPay International tizimi bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqaro to‘lov tizimlarini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, “Qqb.uz”

“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют