» » “Turkiston” saroyida “Prezident archasi” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi (foto)

“Turkiston” saroyida “Prezident archasi” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi (foto)


“Prezident archasi” tadbirini mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi va tegishli tashkilotlar hamkorligida bir qator ishlar amalga oshirildi. Tadbirda Mehribonlik uylari, SOS Bolalar mahallasi, Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Toshkent shahri mahallalarida oilalarda tarbiyalanayotgan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, vatan tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlari ishtirok etdi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Saroyning bayramona bezatilgan foyesida Qorboboyu Qorqiz, turli ertak qahramonlari, taniqli san’atkorlar bayramga oshiqqan bolajonlar va mehmonlarni xushnudlik bilan kutib oldi. Bu yerda yangragan kuy-qo‘shiqlar, ertak qahramonlarining hazil-mutoyibalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Olimpiada chempionlari Hasanboy Do‘smatov, Ruslan Nuriddinov, Fazliddin G‘oyibnazarov va boshqa taniqli sportchilar, Hindistonning Lakxnau shahrida o‘tkazilgan jahon xalqaro matematika olimpiadasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar hamda Prezident tashabbusi bilan Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik markazida hordiq chiqargan iqtidorli o‘quvchilar ham bolalarni bayram bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng “Tomosha” bolalar ijodiy studiyasi tomonidan “Mo‘jizalar bor ekan” nomli sahnalashtirilgan musiqiy chiqishi bayram qatnashchilari e’tiboriga havola etildi.

Tadbir nihoyasida barcha bolalar, yosh ijrochilar, bayram ishtirokchilari jo‘rlikda “Prezident archasi” qo‘shig‘ini ijro etdi. Saroyda bo‘lib o‘tgan tantanalar yakunlangach, bayram tadbirlari bolalar tarbiyalanayotgan muassasalarda davom ettirilib, ularga o‘quv qurollari, turfa shirinliklardan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

“Prezident archasi” bayram tantanalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют