» » Musulmonlar idorasi: Qur’on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish uch kunga ko‘chirildi

Musulmonlar idorasi: Qur’on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish uch kunga ko‘chirildi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2018-yili o‘tkazilishi belgilangan Qur’on musobaqasi sanalariga o‘zgarishlar kiritdi. Bu haqdagi e’lon idora saytida chop etildi.

“Joriy yilning 22-dekabr kuni 2018-yilning birinchi yarmida respublikamizda 3 bosqichdagi Qur’on musobaqasi o‘tkazilishi e’lon qilingan edi”, — deyiladi xabarnomada.

Belgilangan tartibga ko‘ra, 2018-yil 1?10-yanvar kunlari musobaqa ishtirokchilarini ro‘yxatga olish sanasi deb belgilangandi. Biroq, xabarda ta’kidlanishicha, “davlatimiz tomonidan milodiy yangi sana kirib kelishi munosabati bilan yilning dastlabki 3 kuni ham dam olish kuni deb e’lon qilingani bois” qabul kunlari 2018-yil 4?13-yanvarga ko‘chirildi.

Musobaqaning shahar?tuman bosqichi sanasi ham biroz kechga surildi.

Viloyatlarda musobaqaning birinchi bosqichi uchun tayinlangan shahar va tumanlar hamda musobaqa tadbirini o‘tkazish manzili 2018-yil 3-yanvargacha idora saytida e’lon qilinadi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют