» » Lola Karimova-Tillayeva Yangi yil tabrigini yo‘lladi

Lola Karimova-Tillayeva Yangi yil tabrigini yo‘lladi


Jamoat arbobi Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasida Yangi yil tabrigini joylashtirdi. Tabrikda u yangi yilda quyoshli kunlar ko‘proq bo‘lishini tilab qoldi.

Men ushbu yilni yuragimda muhabbat va barcha kunlar uchun shukronalik hissi ila yakunlayapman. Kirib kelayotgan 2018-yilda siz va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, tinchlik, mehr-muhabbat hamda ishlaringizda ravnaqlar tilab qolaman. Istardimki, har bir xonadonda qut-baraka va har bir inson qalbida tinchlik, xotirjamlik hukm sursin; odamlar hayotga tinch va ishonch nazari bilan qarasinlar. Uy, ishxona va ko‘chalarda, bir-birimizga ko‘proq xayrixoh bo‘laylik. Rivojlanish, ishlash, yaratish g‘oyalariga to‘la bo‘lgan insonlar, ushbu orzu va rejalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lsinlar. Yer yuzidagi barcha bolajonlar to‘q, sog‘lom va baxtli bo‘lib yursinlar. Bugungi kunday quyoshli kunlar ko‘proq bo‘laversin hamda barcha insonlar yaxshilik va ezgulikka ishonsinlar!

Опубликовано: admin (31-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют