» » Namangan viloyatida 1300 dan oshiq ehtiyojmand oilaga maishiy texnika jihozlari topshirildi

Namangan viloyatida 1300 dan oshiq ehtiyojmand oilaga maishiy texnika jihozlari topshirildi


Namangan viloyatidagi 1332 ehtiyojmand oilaga Yangi yil arafasida maishiy texnika jihozlari topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida Namangan shahri va tumanlarga 111 tadan maishiy texnika jihozlari taqsim qilindi. Ular joylarda hokimlik, sektor rahbarlari, kasaba uyushmalari vakillari, ehtiyojmand oilalar va ularning yaqinlari ishtirokida tantanali topshirildi.

“Baxtsiz tasodif tufayli ko‘zim ko‘rmay qolganiga 14 yildan oshdi. Yaqinda uyga kelib, go‘sht, gurunch, o‘simlik yog‘i berib ketishgandi. Endi Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligiga taklif etib, kichik pech topshirishdi. Bundan ayniqsa ayolim juda xursand bo‘ldi. Hamma qatori biz ham bayram arafasida yo‘qlaganlari uchun davlat rahbarini duo qildik”, — deydi Yangiqo‘rg‘on tumani, Nurafshon MFYda yashovchi 1-guruh nogironi Adhamjon Ergashev.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют