» » Eron prezidenti mamlakatdagi norozilik namoyishlarini izohladi

Eron prezidenti mamlakatdagi norozilik namoyishlarini izohladi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda to‘rt kecha-kunduzdan buyon davom etayotgan hukumatga qarshi namoyishlarni izohladi. Uning gaplarini Press TV telekanali keltirib o‘tdi.

“Biz — konstitutsiyaga va fuqarolar huquqlariga asoslangan erkin millatmiz, odamlar hukumatni erkin tanqid qilishi va hatto o‘z noroziligini ifodalashi ham mumkin”, — dedi u.

“Shu bilan bir vaqtda Ruhoniy norozilik kayfiyatlarini bildirish usuli pirovardida Eron aholisi hayot darajasini ko‘tarishga olib kelishi kerakligini ta’kidladi. “Tanqid zo‘ravonlikdan farq qiladi”, — deya qayd etdi Eron prezidenti.

Shuningdek, u mamlakatdagi ba’zi muammolarni tartibga solish “qiyin ekanligi va muayyan vaqt talab qilishi”ni aytdi hamda Eron hukumati va mamlakat fuqarolarini ushbu muammolarni hal etishda hamkorlik qilishga chaqirdi.

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar 28-dekabrga o‘tar kechasi boshlandi. Mamlakatning ko‘plab shaharlarida, shu jumladan, Tehronda bo‘lib o‘tayotgan norozilik aksiyalari harbiylar bilan to‘qnashuvlar va davlat muassasalariga hujumlar bilan birga kechmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida ikki kishi halok bo‘lgan.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют