» » Kim Chen In KXDRda yadro kuchlarini yaratish yakunlanganini ma’lum qildi

Kim Chen In KXDRda yadro kuchlarini yaratish yakunlanganini ma’lum qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘z stoli ustida yadro tugmasi turgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda u Markaziy televideniye orqali translyatsiya qilingan KXDR fuqarolariga Yangi yil murojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy kuchlar Shimoliy Koreyaga AQShni uning KXDR bilan “urush boshlash”ga intilishida tiyib turadi.

Shimoliy Koreya yetakchisi, shuningdek, agar Pxenyan yadro zarbasi berishga qaror qilsa, AQShning butun hududi nishon ostida qoladigan zonaga aylanishini aytdi.

Bundan tashqari, Kim Chen In KXDR milliy yadro kuchlarini yaratishni yakunlaganini e’lon qildi. U, shuningdek, raketa dasturini rivojlantirishdagi yutuqlarni yuqori baholadi va mamlakat ayni paytda qit’alararo ballistik raketani sinov doirasida uchirishga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida ekanligini aytdi.

Shuningdek, Kim Chen In KXDRga bosim kuchayganidan nolidi, ammo yadroviy kallaklar va ballistik raketalar ishlab chiqarishni tezlashtirishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют