» » Gruziyalik grossmeyster 750 ming dollarni ilib ketdi. Gulruhbegim Tohirjonova 80 talikka ham kira olmadi

Gruziyalik grossmeyster 750 ming dollarni ilib ketdi. Gulruhbegim Tohirjonova 80 talikka ham kira olmadi


Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlaridagi Jahon Chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mukofot jamg‘armasi bo‘yicha o‘z tarixidagi eng katta natijani qayd etgan musobaqada ayol grossmeysterlar blits yo‘nalishida o‘z omadini sinab ko‘rdi.

King Salman World Rapid and Blitz Chess Championships musobaqasi g‘olibligi uchun 750 ming AQSh dollari va’da qilingandi, deb yozdi “Olamsport” nashri. 55 davlatning 200 nafardan ziyod grossmeysterlari ishtirok etgan turnirda g‘olib chiqish gruziyalik Nana Dzagnidzega nasib qildi. U 21 imkoniyatdan 16,5 ochko jamg‘arishning uddasidan chiqa olgan.

Rossiyalik Valentina Gunina esa g‘olibadan yarim ochko kamroq jamg‘arib, ikkinchi bo‘ldi. Xitoylik shaxmatchi Szyuy Venszyun 14 ochko bilan Jahon Chempionatini kuchli uchlikda yakunladi.

Turnirda ishtirok etgan o‘zbekistonlik yagona ayol grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova 21 imkoniyatdan 9 ochko jamg‘arib, musobaqani 88-o‘rinda yakunladi. Jahon Chempionati starti arafasida u 92-raqam ostida saralangandi.

Bungacha rapid yo‘nalishidagi Jahon Chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik erkak grossmeyster Rustam Qosimjonov 40 talikka ham kira olmay, 1 million 250 ming dollarni qo‘lga kiritish imkoniyatini boy bergandi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют