» » Qadimiy, ammo bugunga qadar mavjud bo‘lgan 15 shahar

Qadimiy, ammo bugunga qadar mavjud bo‘lgan 15 shahar


Shaharlar bundan 5-6 ming yillar muqaddam vujudga kelgan. Qadimgi dunyo tarixida dong taratgan buyuk shaharlarning ko‘pchiligi yo‘q bo‘lib ketgan. Ammo ularning ba’zi birovlari bugungi kunga qadar ham mavjud bo‘lib, turistlarning sevimli sayohat hududlariga aylanib qolgan.

Novate sayti vujudga kelishi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan, ammo bugungacha mavjud bo‘lgan ana shunday shaharlardan 15 tasi haqida qisqacha ma’lumot taqdim etdi.

Nomi yunon manbalarida Baktra deb tilga olinadigan shahar hududida ilk odamlar 3,5 ming yillar muqaddam o‘rnasha boshlagan. Shundan buyon tuzilgan ko‘plab davlatlarning poytaxti yoki markazlaridan biri maqomida yurgan bu shahar arab manbalarida “Shaharlar onasi” deb ataladi. Bugungi kunda u ilgarigiday yirik va zamonaviy shahar emas, lekin, shunga qaramay, tarixiy muhitni saqlab qola olgani bilan diqqatga sazovordir.

Bu shahar bobilliklarni, midiyaliklarni ko‘rgan noyob tarix darakchisidir. Shahar Bag‘doddan 240 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, neft sanoati markazlaridan biri sanaladi.

Arbil qadimdan savdo-sotiq markazi bo‘lib kelgan. Forslardan tortib turklargacha ushbu shaharga egalik qilish uchun kurashgan. Shuningdek, Arbil Buyuk Ipak Yo‘lining muhim markazlaridan biri ham edi.

Sur ham o‘zining qariyb 5 ming yillik tarixi mobaynida ko‘plab xalqlar va imperiyalarni ko‘rdi. Milodiy 64-yilda u Rim imperiyasi tarafidan zabt etildi. Hozir u dunyoning eng go‘zal turistik shaharlaridan biri hisoblanadi.

Yaqin Sharq va butun dunyoning eng mashhur shaharlaridan biri bo‘lmish Quddus jahonning uch dini vakillari uchun muqaddas dargoh hisoblanadi. U yerda yahudiylarning, xristianlarning va musulmonlarning muborak qadamjolari bor. Xudovand tobuti ibodatxonasi, al-Aqso masjidi shular jumlasidandir. Tarixi davomida Quddus 23 marta qamal qilingan, unga 52 hujum amalga oshirilgan. Bundan tashqari, u ikki marta butunlay vayron etilgan va qayta tiklangan.

Besh ming yillik tarixga ega Bayrut nafaqat turistik manzilgoh, balki Livanning markazi va shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy shahar hamdir. U mamlakatning poytaxti va ayni paytda iqtisodiy va madaniy markazidir.

Boshqa qadimiy shaharlar singari, G‘oziantep ham ko‘plab bosqinlar, rivojlanish va qulashlarni boshdan kechirgan. Bugungi kunda esa u Turkiyaning eng diqqatga sazovor ko‘hna manzilgohlaridan biri hisoblanadi.

Bolgariyaning Plovdiv shahri 6000 yildan buyon o‘z o‘rnida sobit turibdi. U Frakiya tarkibida bo‘ldi, rimliklar va Usmonlilar tomonidan egallandi. Shu bois unda turfa tarixiy yodgorliklarni topish mumkin, masalan, turk hammomlarini va Rim uslubidagi me’moriy obidalarni.

Sayda shahrida Aleksandr Makedonskiy, Iso Masih bo‘lgan. Uning hududidagi eng eski yodgorlik bo‘lmish finikiyaliklar manzilgohi bugungi kunga qadar mavjud.

Al-Fayum Qadimgi Misrdagi Krokodilopolis shahrining tarixiy qismidir. Bu shahar aholisi Petsuxos nomli timsohga topingan. Unga yaqin hududda piramidalar va madaniy markaz joylashgan.

Yunon manbalarida Suza deb ataladigan bu shahar o‘z vaqtida Elamning markazi, Ahamoniylar saltanatining markazlaridan biri bo‘lgan. Hozir bu mitti shaharda 65 ming kishi istiqomat qiladi. Vaholanki, u Eron tarixidagi eng yirik shaharchilik markazlaridan biri bo‘lgan.

Damashqqa ta’rif berish ortiqcha bo‘lsa kerak. Qadimgi dunyoning eng yirik shaharlaridan biri o‘rta asrlarda arab xalifaligining poytaxtiga aylandi. Bugungi tarixchilar uni dunyodagi eng qadimgi tirik shahar deb ataydi.

Halab, boshqa ko‘plab qadimgi shaharlardan farqli ravishda, bugungi kunda ham yirik megapolis maqomini saqlab qolgan edi. Suriyada fuqarolik urushi boshlanguniga qadar uning aholisi 4,4 million kishini tashkil qilardi.

Finikiyaliklar bu shaharni Gebal deb atagan. Bibl nomini esa unga yunonlar bergan.

Iyerixon bugungi kunda mavjudligini saqlab qolgan eng qadimgi shahardir. Uning hududida ilk bor odamlar 11 ming yil oldin joylasha boshlagan. Hozir u yerda 20 ming kishi yashaydi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют