» » Fotogalereya: Kelajak kurortlari va osma bog‘lari

Fotogalereya: Kelajak kurortlari va osma bog‘lari


Olimlar va fantast yozuvchilar kelajak manzaralarini o‘zlaricha tasvirlaydi. Ularning fikrlari qay darajada haqiqatga mos bo‘lsin yo bo‘lmasin, odamlarda katta qiziqish uyg‘otadi, axir kelajakka ko‘z qirini tashlashni kim xohlamaydi deysiz.

AdMe dam olishning tashkil etilishi haqidagi futurologik qarashlar aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.

Erik Elmas shaffof tomli, ekologik toza va shovqinsiz dirijablni modellashtirdi. Uning yo‘lovchilari parvoz paytida cho‘milishi va quyosh nurlarida toblanishi mumkin bo‘ladi.

Vensan Kallebo esa Lilypad suzuvchi ekoshahri modeli ustida ishlamoqda. Shaharga 50 ming kishi sig‘adi, u qayta tiklanuvchi energiya manbalari — shamol, Quyosh nuridan quvvat oladi, shuningdek, yomg‘ir suvini to‘playdi.

Ushbu o‘ziga xos kemada ish o‘rinlari, savdo zonalari, ko‘ngilochar maydonlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Vensan Kalleboning yana bir loyihasi bog‘dorchilikni osmonga ko‘chiradi. “Gidrogenaza” — osmono‘par bino, dirijabl, bioreaktor va osma bog‘lar qorishmasi bo‘lib, havoni tozalab beradi.

Kemalar uchun mobil port. U butun boshli kurortning o‘rnini bosishi mumkin. Amalda bu o‘z energiya manbalariga ega bo‘lgan sun’iy oroldir.

Mashhur dizayner, marhuma Zaxa Hadid ushbu yaxta dizaynini yaratishda suv osti dunyosidan ilhomlangan. Yaxta ekoskelet shaklida loyihalashtirilgan.

Loyiha muallifi, dizayner Mak Bayers ko‘zlagan asosiy maqsad — sayohatlar uchun qulay transport yaratish.

Ichki interyer futuristik ruhda ishlangan. Keng maydon, yorqin ranglar va Yerga ochiladigan manzara.

Londonning Yacht Island Design kompaniyasi yaratgan mo‘jiza. Suzib yuruvchi sun’iy tropik orol o‘z sharsharasiga va hatto mitti vulqoniga ega.

Yacht Island Design’ning yana bir loyihasi. Lyuks toifasidagi kema o‘z ichiga Monakoning bir qancha mashhur obyektlarini oladi: “Otel de Pari” mehmonxonasi, “Monte-Karlo” kazinosi, “Kafe de Pari” restorani va Monakodagi Gran-pri trassasini takrorlovchi karting-trek.

“Atlantis II” maydoniga ko‘ra Nyu-Yorkning Markaziy bog‘iga tengdir.

Fazaliya — suzuvchi bog‘ bo‘lib, chuchuk suvli daryolarni tozalashga mo‘ljallangan. Transportning biofiltrlari tozalash uchun suv ustidagi bog‘lardan foydalanadi.

Bundan tashqari, musaffo havoga ega orol kurort vazifasini ham o‘tashi mumkin.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют