» » Fotogalereya: Irlandiyaning sehrli manzaralari

Fotogalereya: Irlandiyaning sehrli manzaralari


Irlandiya faqatgina betakror tabiati bilan mashhur emas. U o‘ziga xos tarix, madaniyat va mifologiyaga ham egadir. Bu yerdagi har bir o‘rmon, har bir qasr, har bir tegirmonning o‘ziga yarasha tarixi va siri bor.

“Zumrad orol”ning tabiati yolg‘iz qolishga ishtiyoqmandlar uchun yaratilgandek: yozda ham esib turadigan sovuq shamollar, yakkam-dukkam qoyalar, yovvoyi tabiat va Atlantika to‘lqinlari. Yolg‘izlikni xush ko‘rmaydigan sayyohlar esa Dublinning mashhur pablarida o‘ziga yaxshi suhbatdosh topishi mumkin.

Irlandiya manzaralari — AdMe fotogalereyasida.

Kashel qoyasi — Irlandiya qirollarining qadimiy qarorgohi.

Karrik-a-Rede osma ko‘prigi.

Atlantika okeani qirg‘og‘idagi Moxer qoyalarida kamalak.

Moxer qoyalari.

Lox-Korrib ko‘li va Kong daryosi sohillaridagi Eshford qasri.

Sohilbo‘yi.

Gigantlar yo‘li — sohilbo‘yidagi tabiat yodgorligi: o‘zaro birlashgan 40 ming bazalt ustun. Qadimda vulqon otilishi natijasida vujudga kelgan.

Uiklou shahri suv ombori.

Skellig orollari.

Danlyus qasri vayronalari uzra shimol yog‘dusi.

Tepaliklar.

Irlandiyada yoz.

Dingl shahridagi ko‘tarma.

Tungi Dublin.

Uiklou shahri bandargohi.

Dunagor qasri.

Glanuert ko‘prigi, Kork grafligi.

Bear halqasi, Kork grafligi.

Ben Balben tog‘i, Slaygo grafligi.

Goluey grafligi.

Lox-Suilli ko‘li sohilidagi mayoq.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют