» » Qoraqalpog‘istonlik olim deltaplanda Orol uzra havoda sayohatni taklif qildi

Qoraqalpog‘istonlik olim deltaplanda Orol uzra havoda sayohatni taklif qildi


66 yashar Yusup Kamalov Orol dengizi hududidagi ajoyib manzaralarni, Ustyurtdagi nayzasimon suratlarni deltaplan orqali tomosha qilish maqsadga muvofiq, degan fikrda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Olimning o‘zi deltaplan bilan sayohat qilishni amalda bajarish mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko‘ra, ekstremal ta’sirlardan xarajatni ayamaydigan sayyohlar Mo‘ynoqdan deltaplanda parvoz qilib, Orol dengizi akvatoriyasini va Ustyurtni tomosha qilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, motorli deltaplanda ikki sayyoh bemalol 200-300 kilometr masofagacha ucha oladi.

Nukusga 25-30 kilometr joydagi Chilpiq, Bestobe kabi hududlarda esa motorsiz deltaplandan ham foydalansa bo‘ladi. Balandlikdan sakrab, havoda muallaq turish yordamida biroz vaqt osmonda parvoz qilib zavqlanish mumkin.

— Bundan 40 yil muqaddam ilmiy tadqiqotlar uchun 2 deltaplan yasab, uchishni o‘rgandim. Keyin esa yana ikkitasini sotib oldim. Hozirgi vaqtda shamol bilan harakatlanadigan transport, vindsyorfing ustida tadqiqot olib boryapman, — deydi olim. — Ekstremal sport bilan shug‘ullanish, xususan, deltaplanda parvoz qilish uchun bizda barcha imkoniyat va sharoit bor. Orol dengizi uzra parvoz qilib, uning ajoyib manzarasini tomosha qilish shu sohaga qiziquvchilar uchun zavqli bo‘lardi. Qolaversa, bu O‘zbekistonga sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Yusup Kamalov O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida faoliyat yuritadi. Ilmiy yo‘nalishi shamol energetikasiga ixtisoslashgan. U Orol dengizi va Amudaryoni muhofaza qilish uyushmasi rahbari sifatida hududdagi ekologik muammolar bilan ham shug‘ullanadi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют