» » Kongo poytaxti Kinshasadagi namoyishlarda politsiya 7 kishini otib tashladi

Kongo poytaxti Kinshasadagi namoyishlarda politsiya 7 kishini otib tashladi


Kongo poytaxti Kinshasada kuch tizimi xodimlari bilan to‘qnashuvda kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning mamlakatdagi tinchlikparvar missiyasi matbuot kotibi Florens Marchal ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Huquq-tartibot xodimlari Kinshasada kamida 7 kishini otib tashladi. Yana bir kishi Kananga shahridagi namoyishda halok bo‘ldi, biroq uning o‘limi sababi ma’lum emas”, — dedi Florens Marchal.

Marchalga ko‘ra, BMT kuzatuvchilari mamlakat bo‘ylab namoyishlarda kamida 123 kishi qo‘lga olinganini qayd etdi.

Kongoda 31-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarga amaldagi davlat rahbari Jozef Kabilaning prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni istamasligi sabab bo‘ldi. 2017-yil oxiriga mo‘ljallangan umumxalq ovoz berishi kamida bir yilga qoldirildi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют