» » Sergelida Yangi yil oldidan olib qochilgan avtomobil topildi

Sergelida Yangi yil oldidan olib qochilgan avtomobil topildi


2017-yilning 29-dekabr kuni soat taxminan 20:30 larda Sirg‘ali tumanidagi xonadon hovlisida “VAZ-2106” rusumli mashina qarovsiz turganligi hamda kaliti o‘t oldirish joyida bo‘lganligidan foydalanib, olib qochilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomobil Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasida topilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, mashinani olib qochgan shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют