» » AQShda bo‘lib o‘tgan lotereyaning har bir ishtirokchisi g‘olibga aylandi va 500 dollardan yutib oldi

AQShda bo‘lib o‘tgan lotereyaning har bir ishtirokchisi g‘olibga aylandi va 500 dollardan yutib oldi


AQShning Janubiy Karolina shtatida dasturda yuz bergan nosozlik sababli lotereyani sotib olgan har bir kishi 500 dollardan yutuqni qo‘lga kiritdi. Qariyb ikki soat davomida kompyuter ishtirokchilarga faqat yutuqli chiptalarni bergan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Xatolik lahzalik Rojdestvo lotereyasi ishida, chiptada kamida beshta belgi mos kelishi kerak bo‘lgan vaqtda yuzaga kelgan. Kompyuter ishtirokchilarga faqat yutuqli chiptalarni bergan, shuning uchun savdo nuqtalarida qisqa vaqt ichida navbat yuzaga kelgan.

Ikki nafar amerikalik ayolning aytishicha, ular qariyb 18 ming dollar yutib olgan. Biroq ular pullarni naqdlashtirmoqchi bo‘lganda texnik nosozlik payqab qolingan va ularga pul to‘lashdan bosh tortilgan. Ular birgalikda chiptalar uchun 200 dollar sarflagan.

Tashkilotchilar muammodan xabar topgach, chiptalar savdosini yopgan va yutuqli chiptalar sonini oshkor qilmagan. Umumiy hisobda kompaniya ishtirokchilarga 19,6 million dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Kompaniya yanvar oyining oxirida yangi lotereyani ishga tushirishini va g‘oliblarning pullarini o‘shanda berishni va’da qilgan.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют