» » AQShda 16 yoshli o‘smir Yangi yil arafasi o‘z oilasini otib tashladi

AQShda 16 yoshli o‘smir Yangi yil arafasi o‘z oilasini otib tashladi


Amerikaning Nyu-Jersi shtatida 16 yoshli o‘smir yangi yil kechasi otishma uyushtirishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NY Daily News’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi o‘zining ota-onasini, 18 yoshli opasini va o‘sha kecha mehmon bo‘lib kelgan oilaning 70 yoshli do‘stini otib tashlagan.

Shuningdek, u ukasi va bobosiga ham jarohat yetkazgan. Hozirda ular shifoxonada.

Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, u hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan. Hozirda unga nisbatan to‘rtta odamni o‘ldirish va noqonuniy ravishda qurol saqlash ayblovlari qo‘yilgan.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют