» » Ruhoniy Erondagi namoyishlarga ichki muammolar va boshqa mamlakatlarning aralashuvi sabab bo‘layotganini ma’lum qildi

Ruhoniy Erondagi namoyishlarga ichki muammolar va boshqa mamlakatlarning aralashuvi sabab bo‘layotganini ma’lum qildi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Islom respublikasida 28-dekabrdan buyon davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlariga ichki muammolar va boshqa davlatlarning mamlakat hayotiga aralashuvi sabab bo‘layotganligini ma’lum qildi. Bu haqda 1-yanvar, dushanba kuni Mehr agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Eron Islom Respublikasining dushmanlari eron millatining muvaffaqiyati va taraqqiyotidan g‘azablanmoqda. Ular mamlakatda muammolarni yuzaga keltirishga ont ichgan, biroq Eron xalqi va hukumati ularga javob qaytaradi”, — dedi prezident.

Prezident, shuningdek, namoyishlardan muammolarning chuqur ildizini aniqlash uchun foydalanish lozimligini ta’kidladi. “Ko‘chaga chiqqan odamlarning hammasi ham chet elliklarga bo‘ysunmaydi, ulardan ba’zilari o‘z tuyg‘ulari va muammolari tufayli norozilik bildirmoqda”, — deya ta’kidladi Ruhoniy.

Eslatib o‘tamiz, Eronda o‘tgan yilning 28-dekabrida mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Jumladan, ular Tehron, Qum, Kirmonshoh, Mashhad, Hamadon, Rashtda qayd etildi. Mamlakatda Instagram va Telegram servislari bloklab qo‘yildi.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют