» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi


2017-yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat 2017-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan edi.

Bayonnoma hukumatlararo bitimni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar o‘z davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadi va kafolatlaydilar, shuningdek, “Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qashg‘ar” avtomobil yo‘nalishi bo‘ylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют