» » Eron TIV Trampga AQShning ichki muammolari bilan shug‘ullanishni maslahat berdi

Eron TIV Trampga AQShning ichki muammolari bilan shug‘ullanishni maslahat berdi


Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Bahrom Qosimiy AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risidagi bayonotini qoraladi va Qo‘shma Shtatlarning ichki muammolariga e’tibor qaratishni maslahat berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Yaxshisi u mamlakatda qurolli to‘qnashuv va otishmalar chog‘ida ko‘plab odamlarning o‘ldirilishi, millionlab boshpanasiz va och kishilar kabi AQShning ichki masalalari bilan shug‘ullanishga urinib ko‘rsa yaxshi bo‘lardi”, — ta’kidladi Qosimiy.

Bahrom Qosimiyga ko‘ra, Eron xalqini “terrorchi millat” deb haqorat qilgan Tramp endi o‘zini go‘yo ular haqida qayg‘urayotgandek tutmoqda.

AQSh prezidenti Erondagi tartibsizliklarga baho berar ekan, buni “odamlar haq-huquqsizligi, yeguligi kamligi va inflyatsiya darajasi yuqoriligi” bilan izohlagandi.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют