» » AQSh Erondagi hodisalar tufayli BMT Xavfsizlik kengashi va Inson huquqlari bo‘yicha kengashining favqulodda majlisini chaqiradi

AQSh Erondagi hodisalar tufayli BMT Xavfsizlik kengashi va Inson huquqlari bo‘yicha kengashining favqulodda majlisini chaqiradi


AQSh Erondagi hodisalar tufayli Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashi va Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus yig‘ilishini chaqiradi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Biz jim turmasligimiz kerak”, — dedi u va Eron xalqi ozodlik haqida oshkora e’lon qilganligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eron hukumatini mamlakatdagi namoyishlar fonida ijtimoiy tarmoqlarni bloklashni bekor qilishga chaqirdi.

Eronning yirik shaharlarida 28-dekabrdan buyon ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. 20 ga yaqin odam tartibsizliklar qurboni bo‘ldi.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют