» » “Bunyodkor” a’zosi Otabek Shukurovga ega chiqa olmagan “Paxtakor”, endi Doston Hamdamovni nishonga oldi

“Bunyodkor” a’zosi Otabek Shukurovga ega chiqa olmagan “Paxtakor”, endi Doston Hamdamovni nishonga oldi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi yetakchilaridan biri Doston Hamdamov faoliyatini poytaxtning boshqa bir grandi — “Paxtakor” safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.

“Paxtakor” Doston Hamdamovni nishonga olgan. Bunga qadar klub “Bunyodkor”dan Otabek Shukurovni ham o‘z safiga qo‘shib olishni istagandi. Ammo Shukurov faoliyatini Amirliklarda davom ettirishga qaror qildi va “Sharja” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shuningdek, “Paxtakor” Ikrom Aliboyevni ham qo‘lga kirita olmagandi. Yarim himoyachi o‘zining asl jamoasi bo‘lgan “Lokomotiv” bilan ikki yillik shartnoma imzolab ulgurdi.

Doston Hamdamovning “Bunyodkor” bilan shartnomasi qachongacha amalda ekani borasida aniq ma’lumot yo‘q. U O‘zbekiston Oliy Ligasida hozirga qadar 89 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, raqiblar darvozasiga 34 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Doston Hamdamov 5-yanvar kuni O‘zbekiston U23 termasi safida Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketadi.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют