» » 2018-yil davomida o‘zbekistonlik futbolchilar va muxlislarni qanday musobaqalar kutib turibdi?

2018-yil davomida o‘zbekistonlik futbolchilar va muxlislarni qanday musobaqalar kutib turibdi?


O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya—2018 mundialida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan. Shu tariqa har to‘rt yillikning futboldagi eng yirik musobaqasi navbatdagi bor ham O‘zbekiston terma jamoasisiz o‘tadi.

“Championat.asia” nashri o‘zbekistonlik futbolchilar va muxlislarni 2018-yil davomida qanday turnirlar kutib turgani borasida ma’lumot berdi. Shu yildan boshlab mamlakat Oliy Ligasi Super Ligaga, Birinchi Liga esa Pro-Ligaga o‘zgarayotganidan kelib chiqilsa, yil qiziqarli kechishi turgan gap.

Yildagi ilk turnir 9-yanvar kuni Xitoyda start oladi va 27-yanvarga qadar davom etadi. Unda Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi. Guruhdagi raqiblar: Xitoy, Qatar va Ummon.

30-yanvar kuni musobaqaning saralashi start oladi va unda O‘zbekistonning 2 ta klubi ishtirok etadi. “Nasaf” Qarshida Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini qabul qilsa, “Paxtakor” Qatarda “Al-Garafa”ga qarshi kurash olib boradi.

O‘zbekiston chempioni sifatida “Lokomotiv” Chempionlar Ligasidagi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi. “Paxtakor” va “Nasaf”da pley-offdan keyinoq turnirdan chiqib ketish xavfi bor. “Temiryo‘lchilar” esa guruh bosqichida 6 ta o‘yinda ishtirok etadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi endi Super Liga deb yuritiladi va unda 12 ta klub chempionlik uchun kurash olib boradi. Formatda anchagina o‘zgarish bor. Dastlab jamoalar uy-safar tizimida 22 ta tur o‘tkazadi. Keyin esa dastlabki olti klub chempionlik yo‘lida, qolganlar Pro-Ligaga tushib ketmaslik uchun alohida kurashib ko‘radi. Jami 32 ta turdan keyin mamlakat chempioni nomiga oydinlik kiritiladi.

Birinchi Liga bundan buyon Pro-Liga deb nomlanadi. Bunda 16 ta jamoa qatnashadi. Ular ikki davrali tizimda jami 30 tadan uchrashuv o‘tkazadi. Qizig‘i, Pro-Ligada qatnashadigan klublar ham Super Liganiki kabi to‘liq ma’lum emas.

Oxirgi yillarda kubokka bo‘lgan qiziqish ancha pasaygandek. Chunki finalni hisobga olmaganda, qolgan o‘yinlarga tomoshabinlar ko‘p kelayotgani yo‘q, deb yozdi “Championat.asia”. Yangilik sifatida “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Paxtakor” kabilarning kubok o‘yinlariga 1/8 finaldan boshlab qo‘shilishini aytish mumkin.

1—11-fevral kunlari Xitoy Taypeyida futzal bo‘yicha navbatdagi Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi uning “B” guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

1—12-avgust kunlari futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston chempioni sifatida “Olmaliq” futzal klubi mazkur turnirda qatnashadi.

O‘zbekistonliklar faqat muxlis sifatidagina kuzatadigan musobaqalar ham bor. Birinchisi — Jahon Chempionati. Rossiyadagi mundial 14-iyun — 15-iyul oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, kuzda o‘tkaziladigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatlarini ham tomoshabin sifatida kuzatishga to‘g‘ri keladi. Negaki, O‘zbekistonning ham o‘smirlar, ham yoshlar terma jamoasi saralashdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют