» » Foto: Insoniyat tarixidagi eng xavfli kiberhujumlar

Foto: Insoniyat tarixidagi eng xavfli kiberhujumlar


“Doktor Veb”, Eset, “Kasperskiy Laboratoriyasi” kabi antivirus kompaniyalari, shuningdek, IT tizimlarning zaifligini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi Digital Security kompaniyasi insoniyat tarixidagi eng muhim kiberhujumlar haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Morris worm (“Morris chuvalchangi”) — internet orqali tarqalgan birinchi tarmoq “chuvalchang”laridan biri hisoblanadi. Kornell universitetining aspiranti Robert Morris tomonidan yozilgan va 1988-yilning 2-noyabrida Massachusets texnologiyalar instituti “ishga tushirilgan”. “Morris chuvalchangi” keltirgan zarar 96,5 million dollarga baholangan. Suratdagi disketada “chuvalchang” kodi mavjud bo‘lib, u Bostondagi ilm-fan muzeyida saqlanadi.

“Chernobil” kompyuter virusi CIH va “Chix” nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, u Flash BIOS mikrosxemasiga zarar yetkazishgan birinchi dastur hisoblanadi. Virus birinchi bor 1998-yilda paydo bo‘lgan va hamon uning epidemiyasi tugagani yo‘q.

1999-yilda Melissa virusi elektron pochta orqali tarqalgan birinchi zararli kodga aylandi. Ko‘plab yirik kompaniyalarning pochta serverlari ishdan chiqqan. Melissa keltirgan zarar 80 million dollarga baholangan. Suratda Melissa muallifini topishda FQBga yordam bergan Frederik Bork va Joan Ekstrom tasvirlangan.

2000-yillarda paydo bo‘lgan Mafiaboy virusi yirik kompaniyalarning internet serverlari (Yahoo, Amazon, Dell, eBay va CNN) orqali tarqalgan keng ko‘lamli DDos-hujumlarning dastlabkisi hisoblanadi. Virus taxminan 1,2 milliard dollarlik zarar keltirgan.

Cabir — birinchi mobil virusi 2004-yilda tarqalgan. Virus telefonni himoya qiluvchi Caribe Security Manager dasturi ostida niqoblanib, foydalanuvchini uni o‘rnatishga majburlagan. Shuningdek, u Bluetooth orqali ham telefonlarni zararlashga uringan.

Energetika kompaniyalariga hujum qilish uchun maxsus ishlab chiqarilgan Industroyer virusi 2016-yilning dekabrida Kiyev energiya tizimiga zarar yetkazgan.

Mashhur WannaCry virusi 2017-yilning may oyida dunyoning 150 mamlakatidagi 200 000 dan ortiq kompyuterga hujum qilgan edi. Virus Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlarga hujum qilgan va foydalauvchilardan uni bartaraf etish uchun 300 dollar so‘ragan. Suratda virus-tovlamachini yo‘q qilishga erishgan britaniyalik IT-ekspert Markus Xatchins tasvirlangan. Ammo oradan ikki oy o‘tib Xatchins AQShda hibsga olingan, u boshqa bir zararli dasturni — Kronos’ni tarqatishda ayblangan.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 16:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют