» » NATO bosh kotibi Rossiyani o‘ziga ishongan deb atadi va u bilan kelishishga chaqirdi

NATO bosh kotibi Rossiyani o‘ziga ishongan deb atadi va u bilan kelishishga chaqirdi


Rossiyaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi, biroq NATO yangi sovuq urushini istamaydi va Moskva bilan siyosiy muloqot tarafdori. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg Deutsche Wirtschafts Nachrichten’ga intervyusida ma’lum qildi.

“O‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada oshgan Rossiya bilan muomalada bo‘lishimiz lozimligi faktini hisobga olishimiz lozim. Shu bilan bir vaqtda sovuq urush va qurollanish poygasining takrorlanishini istamaymiz hamda, bu oson bo‘lmasa-da, Moskva bilan siyosiy muloqot tarafdorimiz”, — dedi Stoltenberg.

NATO bosh kotibi Rossiya va alyans o‘rtasidagi aloqalar, jumladan harbiy aloqalarni ko‘paytirish lozim deb hisoblaydi. Stoltenberg Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni pozitiv voqea sifatida misol keltirdi.

2017-yil dekabr oyi oxirida NATO dunyo okeanida flot faolligi bo‘yicha alyans Rossiyadan ortda qolayotganligini tan olgan edi.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют