» » Suriyada Rossiyaning Mi-24 vertolyoti halokatga uchradi. 2 uchuvchi halok bo‘ldi

Suriyada Rossiyaning Mi-24 vertolyoti halokatga uchradi. 2 uchuvchi halok bo‘ldi


Suriyada Rossiyaning Mi-24 jangovar vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Hodisa o‘tgan yilning 31-dekabrida ro‘y berdi.

“Xama aerodoromidan uchgan Mi-24 texnik nosozlik tufayli halokatga uchradi. Aerodromdan 15 kilometr uzoqda qattiq qo‘nish oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi. Vertolyotga qarata o‘t ochilmagan”, — deyiladi xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, vertolyot bortmuhandisi jarohat oldi. U qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan tezlik bilan Xmeymim aerodromiga evakuatsiya qilindi va tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют