» » Toshkentda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Toshkentda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1991-yilda tug‘ilgan Aziz Azizov daydilikda gumonlanib, reabilitatsiya markaziga olib kelindi. Bu haqda IBBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

IIV axborot markazi bazasi orqali tekshirilgan vaqtda unga nisbatan 2017-yil 27-dekabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilinganligi aniqlandi.

A. Azizov JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik, ya’ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan.

Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют