» » Xitoyda panda shaklidagi elektrostansiya qurildi (foto)

Xitoyda panda shaklidagi elektrostansiya qurildi (foto)


Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida panda shaklidagi quvvati 50 megavatt bo‘lgan quyosh elektrostansiyasi qurildi. Panda Green Energy loyihasi yakunlangach, uning quvvati ikki barobar oshishi kutilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Panda Green Energy tomonidan qayd etilishicha, elektrostansiyaning noodatiy ko‘rinishi yosh xitoyliklarni ilhomlantirishi va quyosh energiyasidan foydalanish masalasiga qiziqtirishi, shuningdek, sayyohlarni jalb qilishi mumkin.

Loyiha BMTning taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Kompaniya panda shaklidagi elektrostansiyalarni Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham qurishga umid qilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya hayvonot olamining koala, karkidon kabi vakillaridan ilhomlanilgan loyihalarni ham ishlab chiqqan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют