» » Britaniyada shahzoda Garrining to‘yi mamlakatga qancha daromad keltirishini hisoblab chiqishdi

Britaniyada shahzoda Garrining to‘yi mamlakatga qancha daromad keltirishini hisoblab chiqishdi


Britaniya shahzodasi Garrining amerikalik aktrisa Megan Markl bilan to‘yi Buyuk Britaniya iqtisodiyotini qo‘shimcha 500 million funt bilan ta’minlashi mumkin, deb yozadi Reuters.

Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Garrining akasi shahzoda Uilyamning 2011-yil aprelida bo‘lib o‘tgan to‘yi tufayli Buyuk Britaniyaga tashrif buyuruvchilar soni o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 350 ming kishiga ko‘paygan edi. Shunga o‘xshash iqtisodiy ta’sir hozir ham kutilmoqda. Umuman olganda, hisob-kitoblarga ko‘ra, shahzodaning to‘yi qo‘shimcha qariyb 500 million funt sterling keltirishi mumkin.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 200 million funt sterling turizm sohasidan tushadi, yana 150 million funtni odamlar ziyofatlar va tantanalarga sarflaydi, qariyb 50 million funt futbolka, kepka va boshqa esdalik buyumlarga ishlatiladi. Taxminan 100 million funt sterlingni esa Buyuk Britaniyaning butun dunyo bo‘ylab reklamasi keltiradi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют