» » Nokia 6 (2018) smartfoni turli formatdagi displeyli versiyalarda chiqadi

Nokia 6 (2018) smartfoni turli formatdagi displeyli versiyalarda chiqadi


Xitoy telekommunikatsiya uskunalarini sertifikatlash markazi (TENAA) ikkinchi avlod Nokia 6 (2018) qurilmasi haqidagi yangi ma’lumotlarni oshkor qildi, deb yozadi 3DNews.

Dastlab yangi smartfon 18:9 nisbatli Full Screen displeyiga ega bo‘lishi, uning kattaligi diagonaliga 6 dyuymga yetishi ma’lum qilingan edi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra esa smartfonning 16:9 nisbatli 5,5 dyuymli ekranga ega versiyasi ham taqdim etiladi. Shu tariqa, iste’molchilar ikki xil formatli displeydan birini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Nokia 6 (2018) Qualcomm Snapdragon 630 yoki 660 protsessori, 4 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 va 16 megapikselli kameralar, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют