» » Kosta “Atletiko”ga qaytishini gol bilan “yuvdi”. Montellaning ilk o‘yinida “Sevilya” zafar quchdi

Kosta “Atletiko”ga qaytishini gol bilan “yuvdi”. Montellaning ilk o‘yinida “Sevilya” zafar quchdi


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining nimchorak finalidan joy olgan 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shularning 3 tasida yangi yil tanaffusidan chiqqan La Liga klublarining qo‘li baland keldi.

Madridning “Atletiko” klubi chorak final chiptasini deyarli qo‘lga kiritdi. Safardagi 4 ta gol farqi Simeone jamoasiga kattagina ustunlik beradi. Shu kuni argentinalik murabbiy qo‘li ostidagi asosiy hujumchilarning barchasi gol urdi. Torres asosiy tarkibda harakat qilgan bo‘lsa, Grizmann va Kosta zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Diyego Kosta yanvar oyidan boshlab “Atletiko”ning to‘laqonli a’zosi sifatida maydonga tushish imkoniyatiga ega. Yarim mavsumni futbolsiz o‘tkazib yuborgan hujumchi Madridga qaytishining birinchi o‘yinidayoq gol urgani e’tiborga molik.

Yangi yil arafasida italiyalik mutaxassis Vinchentso Montella “Sevilya” bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgandi. Uning ilk o‘yinida klub ishonchli g‘alabaga ega chiqdi.

Kecha, shuningdek, “Alaves” futbolchilari ham chorak final sari ilk qadamni tashladi. La Liganing ikki klubi o‘rtasida kechgan so‘nggi to‘qnashuvdagina g‘olibni aniqlab bo‘lmadi.

Bugun — 4-yanvar kuni “Real” va “Barselona” klublari o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Qayd etish kerak, Ispaniya Kubogining amaldagi egasi “Barselona” hisoblanadi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final o‘yinlari

3-yanvar, chorshanba

Gollar: Ermedin Demirovich, 36 (0:1). Antonio Illan, 57 (1:1). Ermedin Demirovich, 65 (1:2). Munir El-Xaddadi, 81 (1:3).

Gollar: Diyego Godin, 33 (0:1). Fernando Torres, 37 (0:2). Diyego Kosta, 69 (0:3). Antuan Grizmann, 92+ (0:4).

Chetlatish: Mark Gil, 91+ (L).

Gollar: Xonatan Kalyeri, 36 (1:0). Rodrigo, 85 (1:1).

Gollar: Nolito, 9 (0:1). Xesus Navas, 23 (0:2).

4-yanvar, payshanba

“Leganes” — “Vilyarreal” 23:00

“Selta” — “Barselona” 23:00

“Espanyol” — “Levante” 01:00

“Numansiya” — “Real Madrid” 01:00

Опубликовано: admin (4-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют