» » O‘zbekistonda pnevmatik to‘pponcha uchun ruxsatnoma kerakmi?

O‘zbekistonda pnevmatik to‘pponcha uchun ruxsatnoma kerakmi?


Ichki ishlar vazirligi pnevmatik to‘pponchadan foydalanish, sotib olish, olib kirish, saqlash va olib yurish tartibini tushuntirib berdi, deb yozadi UzNews.

“Texnik xususiyatlariga ko‘ra, pnevmatik qurol siqilgan gazsimon modda energiyasidan foydalanadigan qurollar kategoriyasiga kiradi, — dedi IIV Patrul-post xizmati va jamoatchilik tartibini qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik T.T. Oripov. — Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2013-yil 15-avgustda tasdiqlangan ‘Tadbirkorlik sohasida ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlar ro‘yxati’ning 38-bandi va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan ‘Ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularni berish bo‘yicha vakolatli organlar ro‘yxati’ning 10-bandiga muvofiq, IIV ruxsatnomalari asosida faqat sport va ov o‘qotar qurollari va ularning o‘q-dorilarini sotib olish, olib kirish, olib chiqish, saqlash, olib yurish va foydalanish mumkin”.

“Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yildagi ‘Quroldan noqonuniy ravishda foydalanish haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida’gi qarorida tushuntirilishicha, pnevmatik qurollar o‘qotar qurollarga taalluqli emas.  Shu tufayli, ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston hududida pnevmatik to‘pponchadan foydalanish, sotib olish, olib kirish, saqlash va olib yurish huquqi uchun ruxsatnomalar berilishi ko‘zda tutilmagan. Demak, ichki ishlar organlari tomonidan pnevmatik qurol aylanmasi haqida qandaydir tushuntirishlar berilishi ham nazarda tutilmagan”, — dedi polkovnik.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 09:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют