» » Chet mamlakatlarda O‘zbekiston turizm elchilari paydo bo‘ladi

Chet mamlakatlarda O‘zbekiston turizm elchilari paydo bo‘ladi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chet mamlakatlarda O‘zbekiston turizm elchisi (Tourism brand Ambassador of Uzbekistan) lavozimini joriy qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzNews.

Taxminlarga ko‘ra, chet mamlakatlardagi turizm elchilari lavozimiga xorijiy mamlakatlarning siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanadi.

Elchilarning vazifalari hali ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak. Biroq, asosiy funksional vazifalardan biri ularning nomi va fotosuratlaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladigan reklama aksiyalari bo‘lishi hozirdanoq ma’lum.

Rejaga ko‘ra, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilariga o‘z mamlakatlaridan sayyohlarni jalb etishga qaratilgan turli xil reklama tadbirlarini o‘tkazish uchun yiliga ikki marta O‘zbekistonga bepul tashrif buyurish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston turistik brendi, mintaqalarning turistik sub-brendlarini yaratish va ilgari surish rejalashtiirlmoqda. Ushbu maqsadlar uchun bir qator yangi institutlar, xususan, turizm sohasida “Milliy PR-markazi”, chet mamlakatlardagi “turistik elchilar” institutini tashkil etish rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют