» » Xabib Nurmagomedov jang qilishni istayotgan Konor MakGregor cho‘chqa grippiga chalindi

Xabib Nurmagomedov jang qilishni istayotgan Konor MakGregor cho‘chqa grippiga chalindi


UFC jangchisi Konor MakGregor cho‘chqa grippiga chalindi, deb yozdi “Olamsport”.

Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lumot bergan va izoh ostiga ham suratini joylagan. Biroq keyinchalik post o‘chirib tashlangan.

Avstraliya cho‘chqa grippi bilan nafaqat sportchining o‘zi, balki uning oila a’zolari ham hastalangan. Shundan kelib chiqib, Konor yashil qit’aga sayohat qilganidan afsusda ekanini bayon qilgan. Oila yangi yilni aynan Avstraliyada qarshi olishni istagandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, MakGregor va uning oilasi kasallikni yengib o‘tgan. Sportchi mashg‘ulotlarni qachon jiddiy boshlab, qachon oktagonga qaytishi borasida aniq ma’lumot yo‘q. Avvalroq yangi yil oqshomi arafasida navbatdagi jangida zafar quchgan Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorga chaqiruv tashlagandi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют