» » Arab koalitsiyasi Yamanda xusiylarni ta’minlash bo‘yicha asosiy liniyani to‘sib qo‘ydi

Arab koalitsiyasi Yamanda xusiylarni ta’minlash bo‘yicha asosiy liniyani to‘sib qo‘ydi


Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanda Taiz va Xodeyda tog‘lari o‘rtasidagi xusiylarni ta’minlash bo‘yicha asosiy liniyani to‘sib qo‘ydi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Birlashgan Arab Amirliklari qurolli kuchlaridagi manbaga ko‘ra, operatsiya chog‘ida, shuningdek, bir necha o‘nlab isyonchi xusiylar yo‘q qilingan.

Yamanda 2014-yildan buyon “Ansor Alloh” shialar harakatidan isyonchi xusiylar hamda prezident Abdu Rabbo Mansur Hodiyga sodiq hukumat qo‘shinlari va xalq lashkari o‘rtasida qurolli nizo davom etmoqda. Hukumatni havoda va yerda arab koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda, xusiylarga esa yaqin vaqtlarga qadar sobiq prezident Ali Abdulla Solihga sodiq harbiy kuchlar yordam berayotgan edi.

Noyabr oxirida xusiylar va Solih o‘rtasida nizo yuzaga keldi, natijada ittifoqdoshlar orasi buzildi va “Ansor Alloh” isyonchilari bilan otishmada Solih halok bo‘ldi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют