» » Bill va Hillari Klintonning uyida yong‘in sodir bo‘ldi

Bill va Hillari Klintonning uyida yong‘in sodir bo‘ldi


Yong‘in xavfsizligi xodimlari Bill va Hillari Klintonning Chappakva (Nyu-York shtati) shahrida joylashgan uyida sodir bo‘lgan yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda CBS telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Nyu-Kasl shahri politsiyasi vakili Artur Mendozaning ma’lum qilishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan 15:15 da (Toshkent vaqti bilan 01:15) o‘chirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, yong‘in asosiy binoda emas, balki yer-mulk hududida joylashgan kichikroq uyda sodir bo‘lgan.

Jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Klintonlar oilasi ushbu uyni 1999-yilda 1,7 million dollarga sotib olgan edi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 1) ( 72) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...